Asosiy kontentga o'tish
Bepul vosita · SEO · Title va Description

Meta teg tekshirgich: Google'da qanday ko'rinishini oldindan ko'ring

Title va description yozing. Vosita belgi va piksel uzunligini sanaydi, qidiruv natijasi ko'rinishini kompyuter va telefon uchun ko'rsatadi, xatolarni topadi.

straightenBelgi va piksel
phone_iphoneKompyuter va telefon
lockMatn saqlanmaydi
boltNatija bir zumda
Vosita

Title va description'ni tekshiring

Chap tomonga yozing. O'ng tomonda Google natijasi va tavsiyalar o'zi chiqadi.

Sizning matningiz

0 belgi · 0 / 600 px

0 belgi · 0 / 920 px

Yozsangiz, uning title va description'da borligini tekshiramiz.

Google natijasi

sizning-sayt.uz
sizning-sayt.uz

Ko'rinish taxminiy. Google ba'zan matnni o'zi o'zgartirishi mumkin.

Tahlil

    Uzunlik

    Title va description qancha bo'lishi kerak

    Google uzunlikni belgi bilan emas, ekrandagi kengligi (piksel) bilan o'lchaydi. Shuning uchun "W" harfi "i" harfidan ancha ko'p joy oladi. Quyidagi raqamlar amaliyotdagi taxminiy chegaralar.

    Title va description uchun tavsiya etilgan uzunlik
    TegBelgiPiksel (kompyuter)
    Title30-60taxminan 600 px gacha
    Description120-160taxminan 920 px gacha
    Maslahatlar

    Yaxshi title va description qanday yoziladi

    Meta teglar qidiruv natijasida sizning "vitrina"ngiz. Foydalanuvchi aynan shuni o'qib, bosish yoki bosmaslikni hal qiladi.

    key

    Kalit so'z boshida

    Asosiy kalit so'zni title boshiga yaqin qo'ying. Foydalanuvchi uni birinchi bo'lib ko'radi.

    fingerprint

    Har sahifaga noyob matn

    Bir xil title yoki description ko'p sahifada takrorlansa, qidiruv tizimi sahifalarni ajrata olmaydi.

    badge

    Brend nomi oxirida

    Odatda format: asosiy so'z | Brend. Brend nomi title oxirida qolsa, kalit so'zga joy ko'proq bo'ladi.

    ads_click

    Harakatga chaqiring

    Description oxirida aniq taklif bering: 'bepul audit oling', 'narxni bilib oling'.

    verified

    Sahifaga mos yozing

    Sahifada yo'q narsani va'da qilmang. Foydalanuvchi darrov chiqib ketadi, bu sizga zarar.

    tag

    Foyda va raqam

    Aniq foyda, narx yoki raqam matnni ajratib ko'rsatadi: '3 oyda 5,7 barobar o'sish'.

    Description bevosita reyting omili emas. Lekin yaxshi yozilgan tavsif ko'proq bosishga olib kelishi mumkin, bu esa trafikka ta'sir qiladi. Title esa ham reyting, ham klik uchun muhim.

    Savollar

    Meta teglar haqida tez-tez beriladigan savollar

    helpTitle qancha uzunlikda bo'lishi kerak?

    Amaliyotda 30 dan 60 belgigacha, kengligi taxminan 600 pikselgacha bo'lgani yaxshi. Undan uzun title Google natijasida kesilib, oxiriga '...' qo'yilishi mumkin.

    helpDescription necha belgidan iborat bo'lishi kerak?

    120 dan 160 belgigacha, kengligi taxminan 920 pikselgacha. Qisqa tavsif foydali ma'lumotni to'liq bermaydi, uzuni esa kesiladi.

    helpNega belgi emas, piksel bo'yicha sanaladi?

    Google matnni ekrandagi kengligiga qarab kesadi. Keng harflar (masalan W, M) ko'proq joy oladi, tor harflar (i, l) kamroq. Shu sababli bir xil belgi sonida ham natija har xil bo'lishi mumkin.

    helpGoogle meta teglarimni o'zgartirishi mumkinmi?

    Ha. Agar Google sahifadagi boshqa matn qidiruv so'roviga yaxshiroq mos kelsa, tavsifni (ba'zan sarlavhani ham) o'zi tanlashi mumkin. Sahifa mazmuniga aniq mos yozilgan matn ko'pincha saqlanib qoladi.

    helpDescription reytingga ta'sir qiladimi?

    Bevosita yo'q. Lekin jozibali tavsif foydalanuvchini bosishga undaydi, bu esa trafikni oshirishi mumkin. Title esa reyting uchun ham muhim.

    helpTelefon va kompyuter ko'rinishi nega farq qiladi?

    Telefonda matn torroq ekranda ko'proq qatorga o'raladi. Vositadagi ko'rinish taxminiy, aniq natijani Google Search Console'da tekshiring.

    helpKiritgan matnim saqlanadimi?

    Yo'q. Hammasi sizning brauzeringizda hisoblanadi. Matn hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi.

    search_check Texnik SEO

    Saytingizdagi barcha sahifalar meta tegi to'g'rimi?

    Bepul auditda saytingizning har bir sahifasidagi title va description'ni tekshiramiz, takrorlar va xatolarni topamiz. Keyin aniq reja beramiz.