Asosiy kontentga o'tish
Bepul vosita · Matn · O'zbek tili

Kiril-Lotin konverter: o'zbekcha matnni bir zumda o'giring

Matnni qo'ying, alifbo o'zi aniqlanadi. Kirildan lotinga ham, lotindan kirillga ham o'giradi. Oʻ, gʻ, sh, ch, ye, ts qoidalari hisobga olinadi. Bepul va ro'yxatsiz.

swap_horizKiril ↔ Lotin
auto_awesomeAvto aniqlash
lockMatn saqlanmaydi
boltNatija bir zumda
Vosita

Matnni kirildan lotinga yoki lotindan kirillga o'giring

Chap tomonga yozing. O'ng tomonda natija o'zi chiqadi.

Matnni chap tomonga yozing yoki qo'ying

lockMatn faqat sizning brauzeringizda o'giriladi. Hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi. Muhim hujjatni topshirishdan oldin natijani o'qib chiqing, ayniqsa ism-familiya va chet el so'zlarini.

Qoidalar

Konverter qaysi qoidalar bo'yicha ishlaydi

O'zbek lotin alifbosida ba'zi harflar bir nechta belgidan iborat. Quyidagi qoidalar eng ko'p xato qilinadigan joylar.

Ў → oʻ
Ғ → gʻ

Maxsus harflar apostrof bilan yoziladi: Ўзбек - O'zbek, Ғалаба - G'alaba.

Ш, Ч → sh, ch
Щ → shch

Bir harf ikki belgi bo'ladi. Bosh harfda: Шаҳар - Shahar. Hammasi bosh harfda: ШАҲАР - SHAHAR.

Е → ye / e
Ё → yo, Ю → yu, Я → ya

So'z boshida va unlidan keyin 'ye': Ер - Yer. Boshqa joyda 'e': Мен - Men.

Ц → s / ts
Ъ → tutuq (')

Ц unlidan keyin 'ts', boshqa joyda 's': Центр - Sentr. Маъно - Ma'no.

Alifbo

O'zbek kiril va lotin harflari jadvali

Har bir kiril harfi qaysi lotin harfiga mos kelishini ko'ring.

  • Ааa
  • Ббb
  • Ввv
  • Ггg
  • Ддd
  • Ееe / ye
  • Ёёyo
  • Жжj
  • Ззz
  • Ииi
  • Ййy
  • Ккk
  • Ллl
  • Ммm
  • Ннn
  • Ооo
  • Ппp
  • Ррr
  • Ссs
  • Ттt
  • Ууu
  • Ффf
  • Ххx
  • Ццs / ts
  • Ччch
  • Шшsh
  • Щщshch
  • Ъъ'
  • Ыыi
  • Ььtushadi
  • Ээe
  • Ююyu
  • Яяya
  • Ўўo'
  • Ққq
  • Ғғg'
  • Ҳҳh

Ь belgisi o'zbekcha so'zlarda deyarli uchramaydi va o'girishda tushib qoladi. Ъ belgisi lotinda tutuq belgisi (') bo'ladi, masalan, маъно - ma'no.

Qayerda kerak bo'ladi

Kiril-lotin konverter qachon foydali

Eski matnlar kirilda, yangi hujjatlar va saytlar lotinda. Ikkalasi o'rtasida tez o'tish kerak bo'ladi.

description

Hujjat va ariza

Eski kiril hujjatni lotinga yoki lotin matnni kirillga tez o'tkazing.

badge

Ism va manzillar

Ism-familiya, manzil va ro'yxatlarni bir alifbodan boshqasiga o'giring. Natijani baribir bir marta o'qib chiqing.

language

Sayt va kontent

Eski kiril maqolalarni lotinga o'tkazing. Ko'p foydalanuvchi Google'da lotinda qidiradi, shuning uchun sayt matni lotinda bo'lgani qulay.

Savollar

Kiril-lotin konverter haqida savollar

helpKirilldan lotinga qanday o'giraman?

Matnni chap oynaga qo'ying. Vosita alifboni o'zi aniqlaydi va natijani o'ng oynada ko'rsatadi. Keyin 'Natijani nusxalash' tugmasini bosing.

helpLotindan kirillga ham o'giradimi?

Ha. Lotin matn yozsangiz, u kirillga o'tadi. Kerak bo'lsa, yo'nalishni qo'lda tanlashingiz ham mumkin.

helpNega 'е' harfi ba'zan 'ye' bo'ladi?

Kiril 'е' so'z boshida va unli harfdan keyin 'ye' deb yoziladi: ер - yer, объект - ob'yekt. Boshqa joylarda oddiy 'e' bo'ladi: мен - men.

help'ц' harfi lotinda qanday yoziladi?

Unli harfdan keyin 'ts' (процент - protsent), so'z boshida va undoshdan keyin 's' (цирк - sirk, центр - sentr).

helpOddiy va rasmiy apostrofning farqi nima?

Oddiy ko'rinishda o', g', ma'no yoziladi. Rasmiy ko'rinishda oʻ, gʻ, maʼno kabi maxsus belgilar ishlatiladi. Klaviaturada oddiyini yozish oson, hujjatlar uchun rasmiyni tanlang.

helpNatija har doim to'g'ri bo'ladimi?

Oddiy o'zbekcha matnlarda ha. Lekin ism-familiya, chet el so'zlari va 'ts', 'ye' kabi holatlarda ba'zan qo'lda tuzatish kerak bo'ladi. Muhim hujjatni topshirishdan oldin natijani o'qib chiqing.

helpKiritilgan matn saqlanadimi?

Yo'q. Matn faqat sizning brauzeringizda o'giriladi. Hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi.

build Bepul vositalar

Saytingiz matni qaysi alifboda?

Ko'p foydalanuvchi Google'da lotin yozuvida qidiradi. Bepul auditda saytingiz matni va kalit so'zlarini tekshiramiz, keyin aniq reja beramiz.